“Umra. Bahor-2017” dasturi doirasida 5500 ziyoratchi manzilga yetkazildi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK “Umra. Bahor-2017” dasturi doirasida Saudiya Arabistonidan ziyoratchilarni olib kelishni tugalladi.

“Toshkent” aeroportida bahorgi mavsum ziyoratchilarining soʻnggi guruhini Din ishlari boʻyicha Qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari boshqarmasi vaqillari va ziyoratchilarning qarindoshlari kutib olishdi.

Bu yili “Umra. Bahor-2017” dasturi doirasida Toshkent-Jidda- Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 30 ta charter qatnovi bajarildi va 5500 ziyoratchi manzilga yetkazildi.

Shu yilning 13-29-iyunida “Umra. Yoz-2017” dasturi doirasida Toshkent-Jidda- Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 6 ta charter qatnovini bajarish rejalashtirilmoqda.

Foto: nasafziyo.uz

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar