«Umra – 2017» Ramazon mavsumi ziyoratchilari O‘zbekistonga qaytmoqdalar

28-iyun kuni kechqurun o‘zbekistonlik “Umra-2017” Ramazon mavsumi ziyoratchilari O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytdilar. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ziyoratchilarni kutib olish Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilar yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, ziyoratchilarning oxirgi guruhlari 29-iyun kuni Toshkentga qaytib keladilar.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog