Umidjon Salimov «O‘zavtosanoat» rahbari bo‘ldi

Umidjon Salimov «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi. U 2017-yil apreldan «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisining texnika siyosati va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Umidjon Salimov (1976-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi.

1998−1999-yillarda «Avtodayjest» gazetasi mas’ul kotibi lavozimida ishlagan. 1999—2000-yillarda «O‘zavtosanoat» assotsiatsiyasining «Avtosaninvestproyekt» kompaniyasida yetakchi mutaxassis bo‘lgan. 2000−2004-yillarda «O‘zavtosanoat» assotsiatsiyasi moliya-iqtisodiy ekspertiza va kreditlash boshqarmasida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2005−2007-yillarda «O‘zavtosanoat» marketing, savdo strategiyasi va eksport salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi bo‘lgan. 2007−2009-yillarda GM Uzbekistan yangi loyihalar boshqarmasi bo‘lim bosh menejeri lavozimida ishlagan.

2009−2011-yillarda GM Powertrain Uzbekistan bosh direktori o‘rinbosari bo‘lgan. 2011−2013-yillarda esa «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi o‘rinbosari edi.

2013−2017-yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktori sifatida ish olib bordi.

Avval xabar qilinganidek, Ulug‘bek Rozuqulov «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilib, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasiga rahbar etib tayinlandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar