Ukrainada Rossiya saytlari bloklanishi ortidan prezident Poroshenko sudga berildi

Ukrainaklik yurist Roman Lixachev Ukraina ma’muriy sudiga mamlakat prezidentining Rossiya saytlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishini taklab qilib ariza berdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar qilmoqda.

Foto: KyivPost

Yurist arizasida prezidentning qarorini Ukraina konstitutsiyasiga va so‘z erkinligiga zidligini ko‘rsatgan.

“Muammo “Vkontakte” va “Odnoklassniki”ning bloklanishida ham emas. Ertaga nima bo‘ladi? Hukumat fuqarolariga o‘y surishni taqiqlaydimi? Ahir biz Yevropaga qarab intilayotgan davlat bo‘lsak. Qilayotgan ishimiz esa Shimoliy Koreyani eslatadi”, — deb yozdi yurist Facebookda.

Avval xabar qilganimizdek, Ukrainada Rossiyaga qarashli mail.ru, vkontakte.com, odnoklassniki.ru hamda Yandex servizlari bloklab qo‘yildi.

Latest from Blog