Foto: Quartz

Ukraina xitoylik sayyohlar uchun vaqtinchalik vizasiz rejim joriy qilmoqda

/

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina bilan Xitoy oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar rivoji, turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish” uchun viza rejimini bekor qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, deya bildirdi 23-mart kuni prezident maʼmuriyati.

Farmonga muvofiq, Xitoy fuqarolariga 30 kun davomida Ukraina hududida vizasiz qolish ruxsati berilgan. Vizasiz rejim joriy yilning 1-aprelidan 30-sentyabrigacha amalda boʻladi.

Xitoy Kiyev bilan Moskva oʻrtasidagi munosabatlar 2014-yili Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinishi va Rossiyaning mamlakat sharqidagi ayirmachilarni dastaklashi ortidan sovib ketganidan soʻng Ukrainaning yirik savdo hamkoriga aylangan.

Ayni paytda Ukraina koronavirus pandemiyasining uchinchi toʻlqinini boshdan kechirmoqda. Mamlakatning qator shaharlarida, jumladan poytaxt Kiyevda karantin choralari amal qilmoqda. Yangi karantin cheklovlariga koʻra, mamlakatga kelayotgan xorijliklar koronavirusga chalinmaganini tasdiqlovchi test natijalarini taqdim qilishlari lozim.

Latest from Blog