Ukraina poytaxtida asl O‘zbekistonlik bo‘lgan fuqaro otib o‘ldirildi

Ukraina OAVlari xabariga ko‘ra, 23-avgust kuni Ukraina poytaxtining markazida tartib nazoratchilari ko‘z o‘ngida Isroil davlati fuqarosi otib o‘ldirildi. Hodisa yuz bergan joy — Shota Rustaveli ko‘chasiga qo‘shimcha politsiya naryadi etib kelganida, ular erkak jasadini topadilar.

Foto: РИА Новости

O‘q yegan erkak shu joyning o‘zida halok bo‘lgan, deb xabar qilgan «Novosti Uzbekistana» nashri. Yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Halok bo‘lgan odamning ismi Shohruh Tursunov (u aslida o‘zbekistonlik) ekanligi xabar qilinmoqda. Politsiya xodimlarining aytishicha, otib o‘ldirilgan erkak Isroil fuqarosi va Ierusalimda yashagan. Hozirda uning hujjatlari soxta-soxtmasligi tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina mustaqilligi kuni arafasida mamlakatda kuchaytirilgan tartibda 4,5 ming politsiyachilar xizmat olib borgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar