Ukraina «Odnoklassniki»ga kirishni chekladi

Ukraina Xavfsizlik xizmati «VKontakte», «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlari va «Yandeks» xizmatlariga kirishni taʼqiqladi, deb xabar qilmoqda Vesti.ru.

Foto: Hitech Vesti

Sanksiyalar 3 yil muddatgacha kiritilgan.  Rossiyaning 468 tashkiloti va 1228 jismoniy shaxsi taʼqiq ostida qolgan. «Laboratoriya Kasperskogo» va DrWeb kabi antivirus dasturlari ishlab chiqarayotgan kompaniyalari ham ular qatorida.

Hukumatning ushbu qarorini Ukraina prezidenti Petr Poroshenko oʻqib eshittirdi. Qaror 15-maydan boshlab kuchga kirgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar