Uchtepada retsidivist jinoyatchi qo‘lga olindi

24-avgust kuni soat 22:30 da muqaddam sudlangan Sherzod Shavkatovich To‘rayev (ismlari o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: serovglobus.ru 

Sherzod To‘rayev Uchtepa tumanida joylashgan “O‘rikzor” bozorida fuqaro Jasurbek Botirovich Berdiyevga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina yukxonasini noqonuniy ravishda ochib, unga tegishli bo‘lgan 337 ming so‘mlik mulk va 580 ming so‘m miqdordagi naqd pullarini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan.

Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Shu bilan birga aybdorning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Latest from Blog