/

Uchtepada boshqa shaxsga tegishli armaturani $35,7 mingga sotib yuborgan shaxs qoʻlga olindi

1 daqiqada oʻqiladi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida oʻzganing qurilish materialini boshqa bir fuqaroga 35,7 ming dollarga sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Unga koʻra, fuqaro B.M. fuqaro A.ga metall savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonasi mavjudligini, shuning uchun arzon narxlarda armatura topib berishini maʼlum qilgan.

Aniqlanishicha, u aslida Zangiota tumanidagi bozorda savdo qiluvchi O.ga tegishli 50 tonna armaturani oʻziga tegishli deb aldab, fuqaroning pullarini qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog