Uchquduqda 87,3 mln soʻmlik ichimlik suvi quvurlarini oʻmarmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida temir quvurlarni oʻmarmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi, deb xabar beradi (https://t.me/Department_uz/838)Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, Departamentning Uchquduq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda fuqaro O.ning boshqaruvidagi MAN rusumli yuk mashinasida “U.D.” MCHJ rahbari M.A. va boshqalar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi balansida boʻlgan “Shalxar” OFY hududidagi ichimlik suvi tarmogʻidan kesib olingan umumiy qiymati 87,3 million soʻmlik temir quvurlarni hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 28, 25, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Latest from Blog