“Ucell”ning o‘z abonenti hisobidan “ortiqcha” pul yechgani aniqlandi

Joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi fuqaro A.V, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasining 1144 ishonch telefoniga “Coscom” MChJ tomonidan ko‘rsatilgan mobil aloqa xizmati uchun hisobidan ortiqcha mablag‘ olinganligi yuzasidan murojaat qilgan, deb yozadi Uznews.

Foto: Uznews.uz

Murojaatdagi masalalar Inspektsiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi va “Coscom” MChJ xodimlari hamkorligida o‘rganib chiqildi.

Natijada, murojaat yetuvchi hisobidan ortiqcha mablag‘ olinganligi aniqlandi va “Coscom” MChJ tomonidan mazkur mablag‘ qaytarib berildi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi xabariga ko‘ra, kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida Inspektsiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “Coscom” MChJga ogohlantirish xati taqdim etilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar