Foto: Alter Ego

“U barchani masofada saqlardi, hatto eng yaqinlarini ham” — Sodiq Safoyev Islom Karimov haqida

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov, uning mamlakat mustaqilligi uchun qilgan ishlari haqida fikr bildirdi.

“Ko‘p muloqotda bo‘lganimizga qaramay, uni yaqindan bilardim deb ayta olmayman. U shunday odam ediki, barchani masofada saqlardi, hatto eng yaqinlarini ham. Shuning uchun hozir unga shaxsiy ta’rifimni berishni xohlamas edim”, — deydi u.

Bundan tashqari, uning fikricha, siyosiy arboblarga baho berishdan oldin “biroz vaqt o‘tishi” va “hissiyotlar tarqalishi kerak”.

“Men uchun, boshqa narsalardan tashqari, nimaga doim o‘sha ishlarda yurdim va faol ishtirokchi bo‘ldim, chunki u O‘zbekiston mustaqilligi uchun qat’iy va juda qattiq turib olgan edi. Bu esa biz va boshqalarni jalb etmasdan qolmasdi. Ehtimol, iqtisodiy siyosatga, ichki siyosatga savollar bo‘lgandir, biroq shunga qaramay, u O‘zbekiston mustaqilligi uchun ko‘p narsa qildi, buni rad etib bo‘lmaydi”, — deydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari.

Islom Karimovdan keyingi muammolar haqida gapirar ekan, senator bunga “qator tarixiy vaziyatlar” ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagan.

“Mazkur holatda aytish kerakki, o‘sha vaqtdagi tendensiya prezident Karimovning xarakteriga ta’sir ko‘rsatdi, ham plyus, minus tarafdan — bu aniq. Ma’lum hayot maktabidan, davlat rejalashtirilishidan o‘tgan, o‘ziga xos xarakterga ega, o‘ta markazlashgan darajadagi inson — ham siyosiy, ham iqtisodiy ma’noda, bu, albatta, o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Uning O‘zbekiston mustaqilligi borasidagi tushunchada qat’iy turib olishi ham ta’sir ko‘rsatgan”, — deydi u.

Sodiq Safoyev amerikalik politologlarning prezident Islom Karimov atrofdagilar va jamiyat fikriga qay darajada bog‘liqligi to‘g‘risida bergan savoliga qaytargan javobini eslab o‘tgan.

“Albatta, u hisobga olar edi (jamoatchilik fikrini). U “aytilmagan, lekin nazarda tutilgan” deb ataluvchi narsalarni, ziyolilar nimani o‘ylayotgani, ulardan qanday signallar kelayotganini hisobga olardi. Har qanday rahbar insonlar nimani kutayotganiga bog‘liq ravishda o‘z harakatlarini tartiblashtirish kerak… ‘Bilganimni qilaman’ deydigan mutlaq totalitar rejimlar bor, sizni ishontirib aytishim mumkinki, bu holatda totalitar jamiyatdagi eng diktator bo‘lgan inson ham oxir-oqibat jamoatchilik fikrini hisobga oladi yoki uni shakllantirishga urinadi”, — deydi senator.

Latest from Blog