TV5 Monde kanallarida O‘zbekiston milliy turistik mahsuloti targ‘ib qilinadi

O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa sayyohlik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasi 17-iyul kuni Brusselda Yevropa turistik agentliklari va turoperatorlari assosiatsiyasi hamda Belgiyaning Bandua Communications Unipressoal LDA kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Yevropa turistik agentliklari va turoperatorlari assosiatsiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Bandua Communications Unipressoal LDA o‘rtasidagi boshqa bir shartnomaga muvofiq, TV5 Monde kanallarida O‘zbekiston milliy turistik mahsuloti targ‘ib qilinadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog