/

Turkmanistonda COVID-19 ga karantin cheklovlari bekor qilindi

Foto: Meteo Jurnal

Turkmanistonda global koronavirus pandemiyasi fonida hukumat tomonidan joriy qilingan karantin cheklovlarini yumshatish boshlandi.

Mamlakat ichidagi bir yillik tanaffusdan soʻng temir yoʻl va avtobus qatnovi tiklanmoqda, mehmonxonalar mehmonlarni qabul qila boshladilar va mamlakat ichkarisida aholining harakatlanishiga qoʻyilgan taqiq qisman bekor qilindi.

Oʻz hududida COVID-19 borligini tan olmaydigan mamlakat hukumati oʻtgan yili joriy qilingan qattiq cheklovlar sababini rasman tushuntirmadi. Endi rasmiylar karantin choralarini bekor qilish sabablarini ham tushuntirmayapti. Ayni paytda mamlakatda COVID-19 simptomlari bilan kasallanish davom etmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog