Foto: Adventure.com

Turkmanistonda 18 yoshdan oshgan fuqarolarni majburiy tartibda emlash boshlandi

/

“Neytral Turmaniston” gazetasida 7-iyul kuni Turkmaniston Tibbiyot sanoati va sog‘liqni saqlash vazirligining mamlakatda 18 yoshdan oshgan fuqarolarni majburiy tartibda emlash ishlari boshlanishi haqidagi axboroti e’lon qilindi, deb yozmoqda “Xronika Turkmenistana”.

Faqat vaksina komponentlariga allergiyasi borlar, homiladorlar va emizikli farzandi bor ayollar, yuqori haroratda yurgan yoki surunkali kasalligi og‘ir bosqichga kelgan shaxslar istisno tariqasida vaksinatsiya qilinmaydi.

22-iyunda Turkmaniston poytaxtida COVID-19’ning yangi to‘lqini kuzatilayotgani xabar qilingandi. 27-iyunda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatning kasalliklar tarqalishiga qarshi kurash komissiyasining ishchi yig‘ilishini o‘tkazgan va unda 1,5 millionta yangi samarali doza vaksinalarini xarid qilishni buyurgandi. Keyinchalik mazkur topshiriqda Xitoyning Sinopharm preparati nazarda tutilgani taxmin qilingan.

Turkmaniston hanuzgacha butun dunyoda koronavirus rasman qayd etilmagan kam sonli mamlakatlardan biri hisoblanadi, biroq mustaqil OAV nashrlari bu axborotning noto‘g‘ri ekanini qayd etgan.

Latest from Blog