Foto: Eurasia Group

Turkmaniston prezidenti 4—5-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

//

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4—5-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Turkmaniston segodnya” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1-oktabr kuni Gurbanguli Berdimuhamedov taqamli tizim bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazib, unda milliy iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilgan.

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Meredov Gurbanguli Berdimuhamedovga uning 4—5-oktabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshiradigan rasmiy tashirifiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot bergan.

Turkmaniston prezidenti so‘nggi marta O‘zbekistonga 2019-yil noyabr oyida tashrif buyurgan. 2021-yilning avgust oyida ikki davlat rahbari Kaspiy dengizi sohilidagi Avaza milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining uchinchi maslahat uchrashuvi doirasida uchrashgandi.

Uchrashuvda avval erishilgan kelishuvlarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi. Ijobiy o‘sish sur’atlarni davom ettirish uchun yangi loyihalar ishlab chiqish, chegaradosh hududlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish kerakligi ta’kidlandi. Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, Janubiy Osiyo va Janubiy Kavkaz yo‘laklari orqali yangi tashqi bozorlarga chiqish, shu jumladan, Ashxobod bitimiga muvofiq xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuvdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etgan.

Latest from Blog