Foto: Twitter

Turkiyzabon davlatlar rahbarlari Qozogʻistonda uchrashadilar

//

31-mart kuni Qozogʻistonning Turkiston shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti boʻlib oʻtadi, deb xabar berdi Kazinform axborot agentligi. Unda kengashga aʼzo mamlakatlarning barcha rahbarlari, shu jumladan Oʻzbekiston ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammit Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan chaqirilgan.

Sammitdan soʻng Turkistonni turk dunyosining maʼnaviy poytaxti deb eʼlon qiladigan deklaratsiya imzolanishi kutilmoqda.

Turk Kengashi 2009-yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Bu zamonaviy turkiy davlatlarni birlashtirgan xalqaro tashkilot boʻlib, uning asosiy maqsadi ular oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdir. Unga Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekiston kiradi va Vengriya kuzatuvchi sifatida qatnashadi. Tashkilot kotibiyati Istanbulda joylashgan. Oʻzbekiston 2019-yil 14-sentyabrda kengash aʼzosi boʻldi.

Latest from Blog