/

Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi

Foto: TIV matbuot xizmati

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 5-mart kuni Turkiyaning yangi tayinlangan elchisi Olgan Bekarni qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Turkiyaning 2019-yilning yanvarida tayinlangan avvalgi elchisi Mehmet Sureyya Er o‘z missiyasini 2021-yilning fevralida yakunlagandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog