Turkiyaning eng yirik banki O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

Turkiya Ziraat Banki Toshkentda o‘z filialini ochadi. Bu haqda Podrobno.uz nashri hukumat delegatsiya a’zolariga tayyangan holda xabar berdi, deb yozadi Sof.uz.

Foto: Daily Sabah

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, bank o‘z ish faoliyatini keyingi yili boshlaydi.

Ziraat Bank — Turkiyaning yirik kredik tashkilotlardan biri bo‘lib, 1863-yilda tashkil etilgan. Ushbu bank dunyoning 18 ta davlatlarida bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan xaftada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda o‘zbek-turk biznes-forumi yakunlari bo‘yicha tikuvchilik, elektrotexnika, farmatevtika, qurilish hamda bank sohasilariga oid, umumiy qiymati 2 mlrd dollardan ortiq 30 ta loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolangan edi.

Latest from Blog