Turkiyalik shifokorlar Oʻzbekistonda 70dan ortiq operatsiya oʻtkazishadi

Turkiya-Oʻzbekiston salomatlik haftaligi doirasida Toshkentga kelgan turkiyalik shifokorlar 70dan ortiq yurak-qon tomir, ortopedik, urologik va ginekologik operatsiya oʻtkazishadi. Bu haqda Anadolu axborot agentligiga tayanib Sputnik xabar qildi.

Foto: blogoduma.ru

Toʻrtinchi bor oʻtkazilayotgan Turkiya-Oʻzbekiston salomatlik haftaligi Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA) qoʻllab-quvvatlovi ostida ikki mamlakat sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan tashkil etilgan.

Turkiya sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Selami Qilichning soʻzlariga koʻra, salomatlik haftaligi turk va oʻzbek shifokorlari oʻrtasidagi doʻstlik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi, ularga boy tajribalari bilan oʻrtoqlashish imkonini beradi.

Qilichning maʼlum qilishicha, salomatlik haftaligi doirasida Oʻzbekistonga turkiyalik 19 nafar tajribali shifokor tashrif buyurgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar