Turkiyalik jurnalistlar Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi

Oʻzbekistonga Turkiya OAV vakillari delegatsiyasi keldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Turkiya delegatsiyasi TRT, A Haber, Hurriyet gazetasi hamda IHA axborot agentligi jurnalistlaridan tashkil topgan.

Turkiya jurnalistlari Samarqandga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilgan uchrashuvlarda qatnashdilar.

Shu bilan birga, Turkiya OAV vakillarini qoʻmita raisi A.Abduxakimov ham qabul qildi. Uchrashuv chogʻida jurnalistlar bilan turizm sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, turizm tuzilmasini yaratish boʻyicha ishtirok etayotgan sarmoyadorlarga berilgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlum berildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar