Foto: Hürriyet Daily News

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik o‘ldirib ketildi

/

Turkiyaning Istanbul shahrida 23-fevral kuni o‘zbekistonlik fuqaro qasddan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati olib, vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik O.B.ga nisbatan 23-fevral kuni qasddan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan. Buning oqibatida u olgan tan jarohatlari tufayli Istanbul shahrining Bashakshehir davlat shifoxonasida vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan qat’iy nazoratga olinib, Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan jasadni O‘zbekistonga dafn qilish uchun barcha zarur bo‘lgan hujjatlar rasmiylashtirilib, marhumning oila a’zolariga kerakli huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

Latest from Blog