Foto: Twitter / MevlutCavusoglu

Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

//

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiya 6–9-mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, delegatsiya O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan, shuningdek, Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Samarqand shahrida Turkiya Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o‘rin olgan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan so‘nggi marta 2017-yilning 26-aprelida kelgan.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi sanasiga aniqlik kiritilgani haqida xabar berilgan edi.

Latest from Blog