/

Turkiya prezidenti 2021 yilda O‘zbekistonga keladi

Foto: TRT World

9-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Avvaliga, ikki vazirlik rahbarlari o‘rtasida tor doirada suhbat bo‘lib o‘tdi. Mevlut Chavusho‘g‘lu 6 martda O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa, shundan buyon «o‘zbeklarning mehmondo‘stligidan o‘zini uyidagidek his qilayotganini» ma’lum qildi va buning uchun minnatdorchiligini bildirdi.

Tor doiradan kengaytirilgan tartibdagi TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishiga o‘tildi.

Unda bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga, xususan, oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Majlisda Turkiya delegatsiyasi o‘ziga xos turneni amalga oshirayotgani, O‘zbekistondan oldin Turkmanistonda bo‘lishgani, bundan keyingi manzil esa Qirg‘iziston ekanligi aytildi.

«Muzokaralar davomida oliy darajadagi o‘zbek-turk Strategik hamkorlik kengashining 2-yig‘ilishini o‘tkazish maqsadida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an janobi oliylarini 2021-yilda o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurish taklifi yana bir bor bildirildi», — dedi vazir.

Kamilov, — «O‘zbekiston ota yurtingizning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq», — deya so‘zini yakunladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog