Foto: “Sanayi.gov.tr”

Turkiya Oyga uchirish uchun mo‘ljallangan gibrid raketani ishlab chiqdi

/

Turkiya gibrid raketa ishlab chiqdi, uni Oyga yuboriladigan missiyaga jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “RBK” Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varankka tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2023 va 2028-yillarda. Birinchi bosqich doirasida Anqara Oyga uchuvchisi kosmik qurilmani olib chiqadi. “Yerga yaqin orbitaga birinchi parvozni xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshiramiz. Ammo bizning qurilma Yerga yaqin orbitaga o‘ziga xos milliy raketamiz vositasida yetkaziladi”, — dedi u.

Vazir 28-fevral kuni Delta V Space Technologies Inc. kompaniyasi obyektlariga tashrif buyurdi, u 2017-yildan buyon koinot sohasidagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya gibrid dvigatellarning o‘ziga xos texnologiyasini ishlab chiqqan.

9-fevral kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya milliy kosmik dasturini taqdim etdi, u o‘nta banddan iborat. Uning doirasida Anqara o‘z kosmodromini qurib, koinotga turk kosmonavtini uchirmoqchi, shuningdek, harbiy va fuqarolik ehtiyojlari uchun yangi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirmoqchi. “Dasturning asosiy va eng muhim missiyasi — respublikamizning yuz yilligi nishonlanadigan yilda (2023-yil) Oyga birinchi qo‘nishni amalga oshirish”, — dedi Erdo‘g‘on.

Varankning so‘zlariga ko‘ra, dastur Turkiyani “kosmik sohada oliy liga”ga olib chiqishga qaratilgan.

Latest from Blog