Turk amaldorlari qayiqda Gretsiyaga qochib ketishdi

RIA Novosti agentligining grek ommaviy axborot vositalariga tayangan holda xabar qilishicha, 17 nafar turk amaldori qayiqda Turkiyadan Gretsiyaga qochib ketgan.

Foto: AP / Santi Palacios

Gretsiya Sohil Xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Inusess oroliga 17 turkiya fuqarosi kelib tushgan. Keyinchalik ular Gretsiyadan siyosiy boshpana so‘ragan.

Siyosiy qochqinlar hokimiyat tomonidan ta’qiblardan qochgan turkiyalik davlat amaldorlari va sudyalar ekanligi aytiladi xabarda. Ular qochqinlar va muhojirlarni ro‘yxatga olish markaziga yo‘naltirildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar