Turin politexnika universiteti magistranti Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Olimjon To‘ychiev Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ma’lum qiladi.

Foto: uzscience.uz

O. To‘ychiev agentlikda Texnologiyalar trensferini tashkil qilish va innovatsiya yarmarkalarini o‘tkazish, Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Shu paytgacha O. To‘ychiev Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining magistraturasida tahsil olib kelayotgan edi. 2013-yilda u “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Latest from Blog