Tundan tonggacha: Yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Kengashi tungi klublarda reyd o‘tkazdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan yoshlar kechgi paytda asosiy vaqtini nimalarga sarflayotganini aniqlash maqsadida tungi reydlarni o‘tkazdi.

Foto: Facebook/O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi

Toshkent viloyat Kengashining axborot xizmati xabariga ko‘ra, tungi reydlar Yuqorichirchiq, Zangiota hamda Bo‘stonliq tumanlarida o‘tkazilgan. Natijada ayrim yoshlar kechki vaqtlarni asosan internet klublarida, turli jangari o‘yinlar o‘ynab, behayo filmlarni tomosha qilayotganligi, chilim chekayotganligi aniqlangan.

Jumladan, Yuqori Chirchiq tuman Kengashi faol yoshlari hamda ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda 11-avgust kech soat 20:00 dan 12-avgust kuni soat 04:00 gacha o‘tkazilgan reyd davomida tuman hududida joylashgan 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining voyaga yetmagan 3 nafar 9-sinf bitiruvchilari internet kafeda o‘yin o‘ynab o‘tirganliklari aniqlangan. Ularning ota-onalari chaqirtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Tungi reydlar davom etadi.

Latest from Blog