Transport tizimini qanday rivojlantirishni yoʻlovchilarning oʻzlari aytishadi


“Toshshahartransxizmat” rahbariyati aholiga Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarini bildirishini soʻrab murojaat qildi.

Takliflar 2017 yilning 10 iyuniga qadar concept@tshtx.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi. Taklif beruvchidan oʻz ism-sharifi va telefon raqamini koʻrsatishlari soʻralgan.

“Toshkent shahri yoʻlovchi tashish transporti majmuasini rivojlantirishda birinchi navbatda yoʻlovchilarga qulayliklar yaratish asosiy eʼtiborga olingan yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar, takliflaringizni kiritishni soʻraymiz. Shuningdek xorijiy mutaxassislarning shahar yoʻlovchi tashish transportini boshqarish istiqbollari haqida tajribalarini bildirishlarini istar edik. Muhtaram yoʻlovchilardan avtobusda, metroda va yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchi tashish sohasiga oid innovatsion takliflaringizni kutib qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya fuqarolarning takliflari shahar yoʻlovchi tashish transportini rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqishda eʼtiborga olinishini bildirgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog