Tramp soliqlarni kamaytirib, soliq kodeksini soddalashtirmoqchi


AQSh prezidenti ma’muriyati mamlakatda yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliqlarni kamaytirib, soliq kodeksini soddalashtirish niyatida. Bu haqda Oq Uyda Milliy iqtisodiyot uyushmasi direktori Geri Konning brifingda qilgan nutqiga tayanib TACC xabar qilmoqda.

“Bugungi kunda fuqarolarmiz to‘lovni nima uchun  amalga oshirayotganini bilmay Vashingtonga “patta”larini jonatishmoqda”, – deydi direktor. Asosiy o‘zgarishlar jismoniy shaxslar uchun soliqdagi yettita stavkada bo‘ladi. Kon daromad solig‘i aniq ko‘lami haqida batafsil axborot bermadi.

U shuningdek, butun dunyoda tadbirkorlar uchun soliqlar kamaytirilganini, AQShda esa bu ko‘rsatgich xanuzgacha 35% ligicha qolaytganini qayd etdi. “Biz soliqlarni kamaytiramiz va soliq kodeksini soddalashtiramiz”, – deya keltiradi Konning so‘zlarini nashr.

Rejaga ko‘ra, soliq kodeksidan takrorlangan moddalar olib tashlanadi va soliq to‘lashda qator imtiyozlar joriy etiladi. Masalan, yosh tadbirkor oilalar uchun ilk ishlab topilgan 24 ming dollar uchun soliq to‘lamaslik imtiyozi joriy etiladi.

 

Fikr bildirish

Latest from Blog