Tramp ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun JSSTga 30 kun muhlat berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp agar 30 kun mobaynida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar boʻyicha ishni yaxshilamaydigan boʻlsa, u holda Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti(JSST)ni moliyalashtirishni toʻxtatishi borasida maʼlum qildi.

Foto: The Spokesman-Review

Aks holda, Tramp Qoʻshma Shtatlarning JSSTga aʼzoligini qayta koʻrib chiqishini va moliyalashni vaqtincha toʻxtatishni doimiyga aylantirishini taʼkidladi. Bu haqda AQSH prezidenti JSST rahbariga yoʻllagan maktubida bildirdi. Bu noma tvitterda eʼlon qilindi.

Uning soʻzlariga qaraganda, JSST uchun oldinga siljish borasidagi yagona yoʻl uning Xitoydan mustaqil ekanligini namoyish qilishidan iboratdir. Bundan avval Tramp JSSTni Xitoyning “qoʻgʻirchogʻi” deya atagan edi.

Vashingtonning hisoblashicha, Pekin epidemiya koʻlami va tarqalish tempini yashirgan. Amerika rasmiylarining fikricha, JSST rahbariyati Pekindan kelayotgan maʼlumotlarga koʻr-koʻrona ishonishgan, hamda xatarning jiddiyligini baholay olishmagan. Buning natijasida pandemiya borasida mart oyi oʻrtalariga kelibgina eʼlon qilindi, bu vaqtda koronavirus infeksiyasi jahon boʻylab minglab oʻlimga sabab boʻlgan edi.

Yangi turdagi virusning kelib chiqish manbasi va ommaviy tarqalishi toʻliq tekshirilishi lozimligiga Yevropa Ittifoqi va Avstraliya ham chaqirmoqda. Bu taklifni 122 ta davlat, jumladan Buyuk Britaniya va Rossiya ham qoʻllab-quvvatladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog