Tramp gipertovushli qurol oʻgʻirlanganini eʼlon qildi

AQSH prezidenti Donald Trampning fikricha, Obama maʼmuriyati Rossiyaga gipertovushli qurol yaratish sirini oʻgʻirlatgan.

russian.rt.com

“Bizda odatiy raketadan besh barobar tezroq boʻlgan super gipertovushli raketa mavjud. Rossiya bu maʼlumotni Obama maʼmuriyatidan oʻgʻirladi va oʻzlari uchun yangidan yaratdi”, dedi Tramp shanba kungi saylovoldi mitingda.
Amerika rahbari saylovchilarni AQSHda Rossiya va Xitoyda boʻlmagan qurol borligiga ishontirishdan charchamayapti.
“Siz koʻrmagan tizimlar bizda mavjud! Bizda mavjud narsalarga hech kim ega emas”, dedi Tramp.
Avvalroq Tramp AQSHda ovoz tezligidan 17 baravar yuqori tezlikka erisha oladigan va 1600 kilometr masofaga uchadigan raketa yaratilayotgani haqida aytgandi. Keyinchalik Pentagon “Tezkor global zarba” dasturi doirasida ushbu qurolni sinovdan oʻtkazish haqida gapirdi, deb yozadi “Ria.ru” sayti.

Fikr bildirish

Latest from Blog