Tramp: Bayden giyohvand moddalarni aniqlash testini oʻtkazishga rozi emas

AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, boʻlajak saylovlarda uning demokrat raqibi Jo Bayden tanasida giyohvand moddalar borligi toʻgʻrisida sinov oʻtkazishga rozi emas. Bu haqda “Vesti.ru” sayti xabar berdi.

BBC.com

“Jo Bayden giyohvand moddalarni aniqlash testini oʻtkazishga rozi emasligini eʼlon qildi. Bundan men nega ajablanaman?”, dedi Donald Tramp. Biroq, u bunday maʼlumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmadi. Maʼlumot uchun, 29-sentabr, seshanba kuni siyosatchilarning oʻzaro chiqishlari rejalashtirilgan.

Amerika prezidenti oʻzi va raqibi uchun bunday testdan oʻtishi muhim deb hisoblaydi. Buning sababi, Jo Bayden goʻyoki ongni ravshanlashtiradigan va fikrlash jarayonlarini faollashtiradigan baʼzi dori-darmonlarni qabul qiladi.

Yaqinlashib kelayotgan teledebatda Tramp va uning raqibi tanlangan oltita mavzu boʻyicha savollarga javob berish uchun bir yarim soat vaqt sarflashadi. Ular orasida mamlakat shaharlaridagi notinchlik, koronavirusga qarshi kurash, shuningdek, iqtisodiyot bor.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog