Foto: EADaily

Tramp Afgʻonistondagi vaziyatni Baydenning magʻlubiyati deb atadi

/

AQSh prezidenti Jo Bayden Afgʻonistondagi vaziyatga dosh berolmay, Amerika tarixidagi eng shafqatsiz magʻlubiyatlardan birini oldi, dedi sobiq prezident Donald Tramp.

“Baydenning Afgʻonistonga qilgan ishlari afsonaviy voqea. Bu Amerika tarixidagi eng shafqatsiz magʻlubiyatlardan biri sifatida tarixda qoladi”, — deya AQSh sobiq prezidentidan iqtibos keltiradi Gʻarb matbuoti.

Tramp, shuningdek, Baydenni AQShda yangi COVID-19 tarqalishi, noqonuniy muhojirlar oqimini toʻxtata olmaganligi, hozirgi maʼmuriyatning iqtisodiy va energetik siyosati uchun tanqid qildi.

“Bayden Afgʻonistonda qilgan sharmandalikdan keyin isteʼfoga chiqishi kerak”, deya qoʻshimcha qildi u.

Dastlab, Tolibon harakati bilan maʼlum shartlar ostida Amerika harbiy kontingentini Afgʻonistondan toʻliq olib chiqish toʻgʻrisida kelishib olgan Tramp edi. Buning evaziga toliblar, boshqa narsalar qatorida, terrorizmga qarshi kurashishga, sulh tuzish va inqirozni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun afgʻonlararo muloqot olib borishga vaʼda berdi.

Bu kelishuvni amalga oshirish, asosan, Trampning emas, Bayden maʼmuriyatining vazifasi boʻlib qoldi: oxirida u bu kelishuvlardan voz kechmaslikka qaror qildi, lekin qoʻshinlarni Afgʻoniston hududidan olib chiqishni bir necha muddatga qoldirdi.

Tolibon, oʻz navbatida, hukumat qoʻshinlariga qarshi hujumlarni kuchaytirdi: bu tendensiya hatto Tramp davrida ham sezilgan, lekin Bayden davrida u sezilarli darajada kuchaygan.

AQSh harbiylari Afgʻonistondan chet elliklar evakuatsiya qilingan Kobul aeroporti hamda chet eldan boshpana olgan baʼzi afgʻonlarning xavfsizligini taʼminlaydi.

AQShning hozirgi maʼmuriyatida, Afgʻonistonda nima boʻlayotganini tushuntirishga harakat qilib, ular soʻnggi oylarda bu muammoni avvalgi maʼmuriyatdan “meros” qilib olganliklarini tez-tez eslatib turishibdi. Shunga qaramay, kuzatuvchilar, masalan, qoʻshinlarni olib chiqishni tashkil qilish va oqibatlarini hisoblash uchun Tramp emas, balki Bayden masʼul boʻlganini taʼkidlashadi. Gʻarb matbuoti va baʼzi ekspertlarning taʼkidlashicha, Tolibonning Afgʻonistonni bosib olish tezligi va osonligi AQShning hozirgi hukumati uchun kutilmagan hodisadir.

Ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, yakshanba oqshomiga kelib, Tolibon Afgʻonistonning deyarli butun hududini egallab olgan. Kobuldagi xalqaro aeroport AQSh harbiylari nazorati ostida qolmoqda.

Latest from Blog