To‘ytepa shahri nomi Nurafshon shahri deb o‘zgartirildi

2017-yil 25-avgust kuni soat 10.00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n birinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kuni boshlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Senatorlar Toshkent viloyati To‘ytepa shahri nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi. Unga ko‘ra, To‘ytepa shahri nomi Nurafshon shahri, deb o‘zgartirildi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati o‘n birinchi yalpi majlisi birinchi ish kunida To‘ytepa shahrini Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan edi.

Latest from Blog