Toshkentning yana 7 ta bozorida bankomatlar o‘rnatildi

Toshkent shahrining yana 7 ta bozorida pulni naqdlashtirib beradigan bankomatlar o‘rnatildi. Bu haqda NBUga tayanib UZ24 ga xabar qildi.

Foto: Uz24

Ayni vaqtda «Askiya» va Bo‘zbozorda («Ipoteka-bank»ga qarashli), «Aviasozlar», «Qoraqamish» va Sergeli dehqon bozorida (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki), «Chilonzor» («Mikrokreditbank») va «O‘rikzor» savdo majmuasida («Ipak yuli bank») bittadan bankomat ishlab turibdi.

Bankomatlarga har kuni o‘rtacha 30 mln so‘m pul qo‘yiladi.

«Mikrokreditbank» ma’lumotlariga ko‘ra, bank yilning so‘nggiga qadar O‘zbekiston bo‘ylab 15 ta bankomat o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Xalq banki tomonidan poytaxtning Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida bankomatlar o‘rnatilgandi. Ushbu qurilma orqali bir kunda bitta kartadan 100 ming so‘mgacha naqd pul echib olish mumkin, jarayon 1,5 – 2 daqiqa davom etadi.

Latest from Blog