Toshkentning bir qator bozorlarida bankomatlar o‘rnatildi

«Xalq banki» Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtdagi Oloy, Yunusobod, Qo‘yliq bozorlarida bankomatlar o‘rnatib chiqildi, deb yozadi kun.uz. Ayni paytda mazkur qurilmalarga tegishli dasturlar o‘rnatilmoqda.

Foto: Kun.uz

Nashr xabariga ko‘ra, ushbu bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming so‘m echib olishi mumkin. Bankomatlar dushanba kunidan ishlay boshlaydi.

Kelajakda bunday bankomatlar soni va geografiyasi yanada kengayib borishi rejalashtirilgan. Komissiya bo‘lmaydi.

Latest from Blog