Toshkentlik fuqaro Chimyonda sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ketma-ket yettinchi kun toqqa yolg‘iz jo‘nab ketgan poytaxtlik fuqaroni izlash ishlari olib borilmoqda.

Foto: fvv.uz

Eslatib o‘tamiz, 5-iyul kuni Toshkent viloyati favqulodda boshqarmasining navbatchilik qismiga Snejana ismli ayoldan uning eri Boris Chimyonda yo‘qolganligi haqida xabar kelib tushdi.

Ma’lum bo‘lishicha, eri unga qo‘ng‘iroq qilib, oyog‘ini sindirib qo‘yganligini, FVVdan yordam so‘rashini aytgan, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Tezlik bilan qutqaruv guruhi tomonidan qidiruv ishlari boshlab yuborildi.

FVVdan bizga ma’lum bo‘lishicha, qidiruv ishlarini omadsiz deb aytish mumkin. Ayni damda qidiruv guruhida 30 kishidan iborat FVV, IIB, xodimlari, ko‘ngillilar, alpinistlar qidiruv ishlarini olib borishmoqda.

50 yoshli Borisni olib yurgan taksichi uni Qumli dovon oldiga olib borib qo‘yganini ma’lum qildi. Aniq koordinatalar telefon qo‘ng‘irog‘iga qarab aniqlandi.

Mutaxassislarning aytishlaricha, Qumli dovonning 10 km radiusidagi barcha yerlar qidirib chiqilgan, sharsharaga tushib ketishi mumkin bo‘lgan izlar yo‘q. Yirtqichlarning hamlasi ehtimoli juda kam, sababi bu holda kiyim qoldiqlari qolishi kerak.

Ta’kidlash joizki, Qumli dovon u qadar qiyin va yurish murakkab bo‘lgan joy emas. U yerda sayyohlar ham juda ko‘p. O‘sha yerdagi sayyohlar, cho‘ponlar va o‘rmonchilar so‘ralgan, ammo ularning hech biri erkakni ko‘rmagan. Ilk kuni qidiruv ishlariga Mudofaa vazirligining vertolyoti ham qo‘shilgan, ammo bu natija bermadi.

Borisning yaqin tanishlarining yozishlaricha, u oilaparvar, besh farzandning otasi bo‘lgan. Shu kuni erkak katak ko‘k-oq tusdagi ko‘ylakda, jinsi shim, qizil bosh kiymida bo‘lgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar