«Toshkentga kirishga cheklov faqat yuk mashinalariga taalluqli» — IIBB

O‘zbekiston Mustaqillik kuni (1-sentabr) arafasi va bayram kunlari Toshkentga faqatgina ayrim yuk mashinalarining kirishiga cheklov qo‘yiladi. Bu haqda IIBB shaxsiy tarkibi tayyorgarligi bo‘yicha tadbir doirasida Toshkent IIBB boshlig‘ining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Oxunov ma’lum qildi.

Foto: Gazeta.uz

«Blokpostlarda nazorat-o‘tkazish punkti tartibi amalda bo‘lib, har bir [yuk] mashina tekshiriladi. Vazirlik va mahkama qarori bilan ayrim yuk mashinalarining kirishiga cheklov qo‘yiladi. Yo‘lovchi transportlari, jumladan avtobuslar o‘tkaziladi. Ular to‘xtatiladi, tekshiriladi va o‘tkazib yuboriladi», — dedi IIBB boshlig‘i o‘rinbosari.

Asosiy tekshiruvlar maxsus raqamlarni aniqlash tizimi yordamida o‘tkaziladi. «Bunday tizimlar shaharga kiruvchi har bir postga o‘rnatiladi. Mashina o‘g‘irlangan yoki jarimaga tortilgan bo‘lsa, biz baza bo‘yicha signal olamiz», — dedi Baxtiyor Oxunov.

Latest from Blog