Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar qatnovi bekor qilindi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli 25-fevral sanasidagi Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda “Toshkent” avtovokzali matbuot xizmati xabar berdi.

Avtovokzal ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslar Toshkentdan 17 yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Nukus, Urganch va boshqa shaharlarga qatnaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni avtovokzalning (71) 207-87-00 telefon raqami orqali olish mumkin.

Avvalroq “O‘zgidromet” 25-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turishi, harorat kechasi 7-9 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Latest from Blog