Toshkentdan Orol dengizigacha avtoralli o‘tkaziladi

2-9-avgust kunlari dunyoga mashhur «Discover rallytour» tomonidan Toshkent shahridan Orol dengizigacha bo‘lgan oraliqda 4000 kilometrlik ralli bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligiga asoslanib «Kruz» nashri xabar bermoqda.

Foto: kruz.uz

Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad – ilgari dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining hozirgi holatini ko‘rish, insonlarning tabiat boyliklaridan unumsiz foydalanishlarining oqibatlarini dunyoga tanitib, bundan tegishli xulosa chiqarishga undash.

Ushbu tadbirda ishtirok etish ixtiyoriy, faqat buning uchun 1 850 000 so‘m to‘lash kifoya.

Musobaqa tashkilotchilari o‘z avtotransportlarida ishtirok etuvchi fuqarolarni barcha sayohat davomida texnik yordam mashinalari kuzatib borishadi. Shuningdek ular eng yaxshi mehmonxonalarda tunab, tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishadi.

Ishtirokchilar yo‘l davomida yurtimizning milliy taomlari, takrorlanmas landshaftlari, tarixiy va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, safar davomida sir tutilgan tadbirlarning ishtirokchilariga aylanishadi.

O‘tkazilgan tur telekanallardagi ko‘ngilochar dasturlarda namoyish etiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar