Toshkentdan Istanbulga tamaki mahsulotlarini non orasiga berkitib olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida ikki nafar fuqaro — Sh.Mamatsoyeva va A.Umarov 1000 dan ziyod qutidagi tamaki mahsulotlarini non ichiga yashirib, Turkiya davlatiga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lganliklari fosh bo‘ldi.

Foto: customs.uz

“Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati xabar berishicha, fuqarolarning bagajlari Istanbulga parvoz oldidan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda ular 2 turdagi tamaki mahsulotlarini nonlar orasiga bekitishgani aniqlandi. Shuningdek, uddaburonlar sigaretlarni karton qutilardagi pechenyelar orasiga hamda poyafzallar ichiga ham yashirishgan ekan.

Shu tariqa, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmasdan Sh.Mamatsayeva 560 quti, A.Umarov esa 500 quti tamaki mahsulotlarini yashirincha olib chiqishga urinishgan paytda to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Latest from Blog