Toshkentdan Bekobodga elektrichka qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent – Bekobod yoʻnalishida elektrichka qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berdi, deb xabar qildi uznews.uz.

Foto: YouTube

Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrifi davomida shaharning bosh rejasi bilan ham tanishdi.

Loyihada «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» AJ hamda «Bekobod tsement zavodi» ishchilari uchun arzon uy-joylar qurish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari mazkur uy-joylar atrofida aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish obyektlari va bogʻ barpo etish topshirigʻini berdi.

Prezident mazkur shaharchani tez fursatlarda bunyod etish kerakligini taʼkidlab, unga «Mustaqillikning 27 yilligi massivi» deb nom berishni taklif qildi.

Latest from Blog