Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Oʻlim sababi hozircha aniq emas.

Maʼlumot uchun, Nuriddinxon Islomov 1970-yilda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish faoliyatini boshlagan. 1980−2008-yillar davomida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat olib borgan.
2017-yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, 16-sentabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida vafot etgan edi.
Korrespondent.uz tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.