Toshkentdagi restoranlardan birida Vera Brejneva chiqish qiladi


19-may kuni Toshkentdagi «Marmaris Gourmet» restotranida rossiyalik xonanda Vera Brejneva chiqish qiladi.

Restoran ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bu qadar katta tantanali marosim restoranning yozgi terassasi ochilishi munosabati bilan uyushtirilmoqda.

Dasturga Dmitriy Fillipov boshlovchilik qiladi. Vera Brejneva restoranda eng xit taronlari bilan chiqish qilishi kutilmoqda.

Vera Brejneva bunga qadar ham Toshkent shahrida yakkaxon konsert dasturini uyushtirgan edi.

Latest from Blog