Toshkentdagi qurilishlar qum va changli boʻronning keltirib chiqarmoqda — Oʻzgidromet

“Oʻzgidromet” axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston uchun changli boʻron juda tez-tez uchraydigan hodisadir. Koʻpincha bunday hodisalar qurgʻoqchil hududlarda – choʻl va yarim choʻl hududlarda sodir boʻladi.

Ushbu yilning may oyida Oʻzbekiston hududi boʻyicha bir nechta changli boʻron hodisalari kuzatildi. Hatto Toshkentda ham 29-may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli boʻron kuzatildi.

Toshkent qurgʻoqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda va Toshkent shahrida jadal surʼatlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga koʻtariladi.

Latest from Blog