Foto: t.me/andijon_bugun

Toshkentdagi namoyishdan so‘ng 12 kishi qo‘lga olindi

/

28 mart kuni taxminan 15:00da Toshkent markazida LGBT faollariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Hodisa aks etgan videoyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Ularda bir necha o‘nlab erkaklarning Forumlar saroyi qarshisida yo‘lning harakat qismida yurgani va «Allohu akbar!» deb takbir aytgani aks etgan.

Kechqurun poytaxt IIBB 12 kishining qo‘lga olingani hamda holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qildi.

IIBB xabariga ko‘ra, 3−4 nafar fuqarolar T.S. ismli yigit va B.R. ismli qizni LGBT faollari deb gumonlab, ularni urishga harakat qilgan.

«Ushbu fuqarolarga 20−25 nafar boshqa shaxslar qo‘shilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini sodir etishgan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur janjalda diniy mazmundagi nizo bo‘lmagan.

Latest from Blog