Toshkentdagi Mahtumquli ko‘chasida shoir barelefi ochildi

Payshanba kuni Toshkentda Mahtumquli barelefining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. U mazkur yilning avvalida turkman adabiyoti namoyondasi nomi bilan atalgan ko‘chaga o‘rnatildi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz nashri.

Foto: Gazeta.uz

18-may kuni Turkmanistonda Mahtumquli She’riyati, hamjihatligi va tiklanishi kuni nishonlanmoqda. Bu kunda 1992-yili Turkmaniston Konstitutsiyasi qabul qilingan. Barelefning ochilishi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga xizmat safari oldidan bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston madaniyati vaziri Mahmud Muratov, Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Ali, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, Turkman madaniyati markazi raisining o‘rinbosari Bibisora Rajapova, madaniyat markazlari vakillari, madaniyat va san’at arboblari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog