Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqada oʻqiladi

Toshkent shahri Olmazor tumanida qurilayotgan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi yuzasidan shartnoma imzolandi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar qildi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 11-oktabr kuni buyurtmachi Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” IK hamda pudratchi “Trest-12” AJ o‘rtasida 2017-yil 27-dekabrdagi shartnomaga o‘zgartish kiritildi.

Shartnomada keltirilgan raqamlarga ko‘ra, mazkur markaz qurilishi uchun, taxminan, 1 trillion 723 milliard so‘m sarflanadi.

Shu bilan birga, o‘zbek milliy valyutasida ko‘rsatilgan mazkur mablag‘larni 2021-yil 12-oktabrdagi Markaziy bank kursi bilan hisoblaganda 161,5 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi 2021-yilning oxirida yakunlanishi ma’lum qilingandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog