Toshkentdagi Hindiston elchixonasida Hindiston Mustaqilligining 75 yilligi nishonlandi

Toshkentdagi Hindiston elchixonasida Hindiston Mustaqilligining 75 yilligi nishonlandi. Bu haqda Interfax.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Tadbirda Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabhat mamlakat bayrogʻini koʻtarish marosimida ishtirok etdi.

003 India

Shuningdek elchisi soʻzga chiqib, yigʻilganlarga Hindiston prezidenti Ram Nat Kovindning tabrigini oʻqib yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992-yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi.

004 India

1947-yil 15-avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi.

Latest from Blog